AsosiyJamiyat

Koronavirus – savob uchun imkoniyat

'Koronavirus – savob uchun imkoniyat'ning rasmi

Koronavirus... Bu pandemiyaning er yuzi bo`ylab tarqalishi bilan kimdir shundan ham mo`may daromad olish payiga tushgan bo`lsa, yana kimlardir savobga bel bog`lab, shunday sinovli kunlarda xalqning koriga yarovchi inson ekanligini isbotlamoqda. Buni xalqqa bepul oziq-ovqat ulashayotgan, qo`ni-qo`shnilariga tibbiyot niqobi tarqatayotgan yoki xayr-ehson qilayotgan yurtdoshlarimiz misolida ko`ryapmiz. Ana shunday saxovat yo`lida savobdan umidvor yurtdoshlarimiz bugun bir katta xalq bo`lib birlashganini isbotlamoqda. Buning isbotini birgina “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga kelib tushayotgan mablag`lar misolida ham ko`rishimiz mumkin.

Oldin bir yilda yig`ilgan mablag` bu yili bir kunda yig`ildi.

Doniyor ALIMOV, Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi: 

  • Avvalo shuni aytish kerakki, ushbu fond oldindan mavjud bo`lib, mehr va shafqatga, e`tiborga muhtoj odamlarga, bemorlarga yordam berib kelayotgan edi. Shu yo`l orqali ko`plab yordamga muhtoj bemorlarning sog`ayishiga, ularni yana hayotga qaytishiga hissa qo`shildi. Butun dunyoda va mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi va ushbu kasallikka chalinganlarni davolash ishlari davom etayotgan shu kunlarda qator saxovatpesha fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz, davlat va nodavlat tashkilotlari yurtimizda boshlangan ana shunday xayrli ishlarni qo`llab-quvvatlab, bu ezgu ishda o`z hissalarini qo`shmoqda. Shunisi e`tiborliki, bir kunda ushbu fond hisob raqamiga 5 milliarddan oshiq mablag` kelib tushdi. Bu raqamning o`zi xalqimizning bag`ri kengligini, eng sinovli paytlarda biriga suyanch, tayanch ekanligini ko`rsatib bermoqda.

Fondning o`tgan yillardagi rasmiy hisobotlariga nazar tashlaydigan bo`lsak, fond hisobiga tushgan yillik mablag`lar 2-5 mlrd. so`m atrofida bo`lgan.Shundan ham anglashiladiki, savobga tashna yurtdoshlarimiz tashabbuslari bilan oldin bir yilda yig`ilgan mablag` bu yili bir kunda yig`ilgan va bu mablag`lar kundan kunga oshib bormoqda.

Qaerga va kimlar uchun yo`naltiriladi?

Jamoat fondi Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga murojaat etgan fuqarolardan, tibbiyot muassasalari, mahalla qo`mitalaridan kelgan ariza-murojaatlarni o`rganib chiqadi. Ularning asosiy mazmuni ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarga oziq-ovqat, protez-ortopediya buyumlari, texnik vositalar, dori-darmonlar bilan ta`minlashda, davolash maskanlariga joylashtirishda homiylik yordami ko`rsatishdan iborat. 

Siz ham aksiyada ishtirok eting

Buning uchun quyida keltirilgan bank kartalariga pul o`tkazishingiz mumkin:

Jamoat fondi rekvizitlari:

Manzil: 100027, Toshkent sh, Shayxontoxur tumani, k. Furqat, 1 uy;

Telefon: 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59;

Elektron manzil: mehr@info.uz;

Xisob-raqamlari:

- 20 212 000 4001 0173 4001 (so`mdagi);

- 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi);

- 20 212 978 0001 0173 4001 (Evrodagi);

Bank nomi: “Ipoteka-bank”, Mexnat filial;

MFO: 00 423, INN: 200 897 248, OKONX: 98 600.

Sardorbek RAHMONQULOV

Boshqa yangiliklar