1

Koronavirus pandemiyasi: dolzarb savollarga aniq javoblar

Salomatlik 07.04.2020, 17:57
Teglar: koronavirus, #vahimasizkarantin, koronavirus, pandemiya, savollarga javob
Koronavirus pandemiyasi: dolzarb savollarga aniq javoblar

Jahonda pandemiyaga aylangan koronavirus bizning hududlarimizda aylanib yuribdi. Xavfli virus keng tarqalishining oldini olish barchaning vazifasidir. Ushbu vaziyatda aholimizda ko`plab savollar tug`ilmoqda. Bir qator dolzarb savollarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat OTABEKOV javob berdi. 

SavolKoronavirusga uchragan shaxs bilan muloqotda bo`lganlar qanday aniqlanadi?

Javob: Koronavirus aniqlangan shaxs bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo`lgan shaxs tushunchasi belgilandi. Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo`lgan shaxslarga bo`linadi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo`lgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:

  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qo`l siqish, quchoqlashish) bo`lgan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yo`talayotganda) himoyalanmagan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan ko`proq vaqt davomida yuzma-yuz bo`lgan shaxs;
  • 15 daqiqa yoki undan ko`proq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda bo`lgan shaxs;
  • tibbiy mutaxassis yoki koronavirus aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlagan boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;
  • samolyotda, shaharlararo avtobusda, poezdda koronavirus aniqlangan shaxsdan har qanday yo`nalishda ikki o`rindiq oralig`ida yoki bitta kupeda (poezdda) bo`lgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat ko`rsatgan ekipaj a`zolari.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo`lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi. Bunday shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poezdda, avtobusda bo`lgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi. Ular uy karantinida saqlanadilar.

Savol: Bir odam nechta marotaba koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishi mumkin? Ya`ni davolangandan so`ng kasallik qaytalanmaydimi?

Javob: Koronavirus infeksiyasi shunday kasallikki, ushbu kasallikni bir marta yuqtirgan insonda turg`un orttirilgan immunitet hosil bo`ladi. 

Biroq shunisi ham borki, koronavirusning 40dan ortiq variantlari (shtamplari) bor. Bir turdagi koronavirusdan hosil bo`lgan immunitet ikkinchi turdagi infeksiya uchun immunitet bo`la olmaydi. 

Bir vaqtning o`zida bir necha turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalgan bo`lishi mumkinligini hisobga olsak, bir inson ushbu kasallikdan bir necha bor xastalanishi mumkin. 

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindixonadan ishlatilgan niqoblarni terib yurgan odamni ko`rsatishdi, o`zi doka va bir marotabalik niqoblar qanday qilib yo`qotilishi kerak?

Javob: Dokadan qilingan niqoblarni iloji bo`lsa, bir marta ishlatgach, yo`qotish kerak. Yoqib yuborish yoki buning iloji bo`lmasa, kesib, butunlay yaroqsiz holga keltirish kerak.

Savol: Internetda germaniyalik olimlarning pandemiya ancha uzoq cho`ziladi, degan xulosasi tarqalmoqda. Bunday bashorat va mish-mishlarda qanchalik jon bor?

Javob: Mana shunday murakkab vaziyatlarda turli bashoratchilar ham ko`payib qoladi. Nemis olimlarining iqtidoriga shubha qilmagan holda ilmiy salohiyati ulardan kam bo`lmagan boshqa davlat olimlarining xulosalarini sizga aytmoqchiman – bu virus aprel-may oylaridayoq engiladi va insoniyat bu darddan forig` bo`ladi.

O`rni kelganda sizga bir ma`lumotni aytmoqchiman – har yili Germaniyada gripp kasalligidan 25 mingdan ortiq odam nobud bo`ladi. Holbuki, bu davlatdagi koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi 1 foizdan sal ortiqroq. Evropadagi eng ko`p o`lim ko`rsatkichi Italiyada ekanligining ham sabablari aniq – bu davlat aholisi orasida keksalar juda ko`p. Bu kasallik asosan keksalarda og`ir kechayotganini hisobga olsak hammasi ravshan bo`ladi. COVID-19 har qancha shov-shuvlarga sabab bo`lmasin, 80 foiz hollarda juda engil va hatto umuman simptomlarsiz kechadi. 15 foiz hollarda engil, faqat taxminan 5 foizda og`ir kechadi. Shu 5 foizning ham 90 foizi keksalardir.

O`ylaymanki, tez orada bu ham oddiy kasallikka, ya`ni organizmimiz o`rgangan shtammlardan biriga aylanadi va bizga vaksina ham zarur bo`lmaydi.   

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1