Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar yosh yigit va bir qiz tungi payt Toshkentning markazida joylashgan Amir Temur hiyobonida o`zlarining karantinga qaramasdan bemalol yurganlarini namoyish qilib videoga olgani keng tarqaldi. Unda tartibbuzar yoshlar "eplagan karantinda ham yuradi" deya qiyqirishgani aks etgan.
(shu erga yaqin daqiqalarda qoidabuzarlarning noo`rin harakatlari aks etgan video joylanadi)
Ayni paytda Oliy sud Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu qoidabuzarlar — K. Majidova (1998 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan), U. Hamidov (1993 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan) va O. Razkov (1990 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan) ga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54, 183 moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma`muriy jazo qo`llash) tartibida uzil-kesil 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sud davomida ularning qilmishlari to`la tasdig`ini topgan.
Aniqlanishicha, yuqoridagi fuqarolar 2020 yil 1 aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko`chasidagi Amir Temur hiyobonida mamlakatimizda o`rnatilgan karantin talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo`lish qoidalarni buzishgan. Shuningdek, xavfsizlik niqobini taqmagan holda Amir Temur haykali me`moriy yodgorligi oldida koronavirus epidemiyasi O`zbekistondan qachon ketishi haqida so`rab, Amir Temur shaxsiga hurmatsizlik qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlarini videotasvirga tushirib, olingan videolavhani 2020 yil 6 aprel kuni Internetdagi ijtimoiy tarmoqga joylashtirishgan.
(shu erga yaqin daqiqalarda tartibbuzar yoshlar bilan olib borilgan so`roq holati aks etgan video joylanadi)






