1

Nigeriyada 20 ga yaqin fuqaro noma`lum kasallik tufayli olamdan o`tdi

Dunyo 20.04.2015, 16:30
Nigeriyada 20 ga yaqin fuqaro noma`lum kasallik tufayli olamdan o`tdi

Nigeriyaning janubi-sharqiy qismida tarqalgan noma`lum kasallik tufayli hozirgacha 18 kishi vafot etdi, deb xabar beradi TASS.

Ushbu kasallikning nomi, turi va tarqalishi hali o`rganilganicha yo`q. Aholining salomatligi uchun javob beruvchi vakillarning fikrlariga ko`ra, kasallanganlarning jami 23 kishini tashkil etgandi, ularning ko`pchiligi qisqa muddatda nobud bo`ldi. O`tgan haftaning boshida Oda-Iral shahrida ana shu noma`lum kasallikning tarqalgani haqida xabar berilgandi, bugun bu kasallik Nigeriyagacha etib kelgani ma`lum bo`ldi.

Tadqiqot natijalari bu kasallikning Ebola virusiga aloqasi bor yoki yo`qligi borasida hali biror  aniq hulosaga kelingani yo`q. Tadqiqot va tekshiruv ishlari davom etmoqda. Noma`lum kasallik bilan kasallanganlar bilan aloqada bo`lgan barcha fuqarolar ham tekshirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1