1

Dzyudo bo`yicha Toshkentda o`tadigan jahon chempionati Tokio Olimpiadasining saralashi bosqichiga kiritilishi mumkin

Sport 08.04.2020, 17:56
Dzyudo bo`yicha Toshkentda o`tadigan jahon chempionati Tokio Olimpiadasining saralashi bosqichiga kiritilishi mumkin

Koronavirus sabab butun dunyo sportidagi musobaqalarda ham katta o`zgarishlar bo`lmoqda.  Xususan, bu yil o`tishi rejalashtirilgan Tokio Olimpiadasi ham bir yilga qoldirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, Xalqaro dzyudo federasiyasi prezidenti Marius Vizer dzyudo sportining yaqin kelajagi haqida murojaat bilan chiqar ekan,  2021-yil dzyudo bo`yicha Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga ham alohida to`xtalib o`tgan.

“2021-yilgi jahon chempionati ham Tokio Olimpiadasining saralash bosqichi doirasiga kiritilishi mumkin. Ammo barchasi virus pandemiyasining butun dunyo bo`ylab qachon yakuniga etishiga qarab hal bo`ladi. Shuni aniq aytishimiz mumkinki, Qatarda o`tadigan Masters turniri kvalifikasion darajani saqlab qoladi”, – dedi Marius Vizer.


Xalqaro Olimpiya qo`mitasi Tokio Olimpiadasining yangi muddatini 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgust kunlariga belgiladi. Dzyudo bo`yicha jahon chempionatlari esa har yili avgust oyining so`ngida o`tkaziladi. Shu bois agar Toshkentda o`tadigan jahon chempionati kvalifikasion musobaqalar orasiga kiritilsa, tashkilotning yangilangan taqvimida katta ehtimolda 2021-yilning may oyigacha o`tishini kutish mumkin. Shuningdek, dunyo birinchiligini joriy yil kuzda poytaxtimizda o`tadigan Gran-pri musobaqasi bilan o`rnini almashtirish varianti ham yo`q emas. 

Eslatib o`tamiz, jahon chempionati g`olibi Olimpiya va jahon reytingi uchun 2000 ochkoga ega bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1