1

AQSh g`arbiy sohillarini Sibir yong`inlari qoplab oldi

Dunyo 22.04.2015, 13:49
AQSh g`arbiy sohillarini Sibir yong`inlari qoplab oldi

Rossiyada avj olgan o`rmon yong`inlarining tutuni AQSh g`arbiy sohillarini butunlay qoplab oldi. Tutunlarning asosiy sababi Sibirdan Amerika qit`asi tomon esayotgan kuchli shamollardir.

Uchta Amerika shtati (Kaliforniya, Oregon, Vashington) tutun ostida qolmoqda, deya xabar beradi The Weather Channel.

AQSh milliy meteorologik xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, Sibir tutunlariga Osiyodagi chang ham qo`shilishi mumkin. Sinxua agentligining Pekin meteorologik stansiyasiga tayanib xabar berishicha, yaqinda Xitoy poytaxtiga yopirilgan qumli bo`ron so`nggi 13 yildagi eng kuchlisi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1