AsosiyJamiyat

Shahrisabz shahriga ham kirish va chiqish taqiqlanadi

Shahrisabz shahar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`m...

'Shahrisabz shahriga ham kirish va chiqish taqiqlanadi'ning rasmi

Shahrisabz shahar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish maqsadida viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, joriy yil 10 aprel kuni, tungi soat 00:01 dan boshlab Shahrisabz shahriga kirish va chiqish to`xtatiladi.  Bu haqda "darakchi.uz"ga viloyat hokimligi Matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma`lum qildi.

Shaharga kirishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog`liq hollarga, shuningdek, doimiy yashovchi (ro`yxatdan o`tgan) shaxslarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Shahar ichida joriy yil 10 aprel soat 06:00 dan e`tiboran shu vaqtga qadar maxsus ruxsatnoma (stiker) olgan va avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning yangilangan ro`yxati asosida harakatlanish talab etiladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining bir nechta shaharlariga kirish-chiqish butunlay yopilgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar