1

Buyuk Britaniyaning eng yosh donori chaqaloq bo`ldi

Dunyo 24.04.2015, 10:11
Buyuk Britaniyaning eng yosh donori chaqaloq bo`ldi

Buyuk Britaniyaning eng yosh donori tug`ilganidan so`ng 100 daqiqa yashagan chaqaloq bo`ldi, bu haqda Mirror gazetasi yozadi.

Ushbu voqea bir yil avval Jess Evans va Mayk Xolstonlarning oilasida yuz berdi. Egizaklarga homilador bo`lgan ayol shifokorlardan tug`ruqdan keyin farzandi jiddiy xastalik sababli yashay olishi dargumonligini bilib qoldi.

Gazetaning yozishicha, ota-onalar shifokorlardan eshitgan bu xabaridan juda qattiq tushkunlikka tushishdi, biroq shunga qaramay ular tug`ilajak farzandi kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin degan qarorga kelishdi. Ular bolaning organlarini katta yoshli bemorga berishga qaror qilishdi.

Tug`ilganidan so`ng Teddi Noy Xolston ismini olgan bola 100 daqiqa yashadi. Uch daqiqa o`tgach shifokorlar operasiya o`tkazib, bolaning buyraklari va yurak klapanlarini ko`chirib o`tkazish uchun olishdi.

"U yashadi va qahramonlarcha jon berdi. U bilan qanchalar fahrlanishimizni tasavvur ham qila olmaysiz", — dedi gazetaga ota.

Teddining egizagi Noy Teddi Xolston sog`lom dunyoga keldi. Hozir u ota-onasi va uch yoshli opasi Billi bilan Uels poytaxtida yashashmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1