Xabaringiz bor, kuni kecha mamlakatimizda bo`lgan ob-havo bir qancha noqulayliklarni tug`dirdi. Turli hududlarda daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast etkazishi natijasida, vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi. Toshkent viloyat hokimligi bo`lib o`tgan uzilishlar haqida ma`lumotlar berdi.
Viloyatda elektr simi, gaz, uzilishi hamda ichimlik suvi bilan bog`liq 72 holatda ro`y berdi. Bular:
- Yangiyo`l tumani, “Sho`ralisoy”, “Keskan”, “Shodlik”, “Sahovat”, “G`alaba”, “Yuksalish”, “Nov”, “O`zbekiston”, “Bahor” hamda “Ozod” mahallalarida;
- Ohangaron tumani, “Ilg`or”, “Telov”, “Sanam”, “Susam”, “Markaziy qo`rg`on”, “Yalpoqtepa”, “Qiziloy”, “G`allaquduq”, “Gulobod”, “Ungut” va “Tut” mahalla fuqarolar yig`inida;
- Qibray tumanidagi, "Yuqori yuz" mahalla fuqarolar yig`inida;
- Zangiota tumani, “Erkin” hududidagi “Qurilish” mahallasida;
- Piskent tumani, "Zominovul", "Do`stlik", "Fayzobod", "Guliston", "Lolaariq" “Mitan”, “Maylobod”, “Bekobod”, “Birlik”, “Oybek”, "Lolaariq", " Navoiy", "Mo`minobod", " Saidobod", " Taraqqiyot", "Holiqberdi", "Guliston", "Suvti", "Do`ngqo`rg`on", Oqtom”, “Koriz”, “Kultepa”, "G`ayrat", "Lola ariq" va " Novkent" mahallalarida;
- Toshkent tumani, “Sirg`ali”, “Iftihor”, “Ko`ksaroy”, “Ibrat”, “Qizg`aldoq”, hamda “Tinchlik” mahallasida;
- Bo`ka tumani, “Yangihayot”, “Mustaqil”, “O`zbekiston”, “Baxmal”, “Bo`ston”, “Guliston”, “Dashtobod”, “Ho`jaqo`rg`on, “Qizil yulduz, “Uchtepa”, “Do`stlik”, “Moytepa”, “Ulug`bek”, “ Navobod” va “Guliston” mahallalarida;
- O`rta Chirchiq tumani, “Kim Pen Xva”, “Gulobod” va “Farovon” mahallalarida.
Berilgan ma`lumotda mazkur hududlarning 61 tasida ta`mirlash ishlari yakunlanib 11 tasi bilan bog`liq ishlar ertaga davom ettirilayotgani haqida yozilgan.






