1

Sport vazirligi uyda o`yin o`ynab o`tirib 65 million yutib olish imkoniyatini taqdim etadi

Sport 10.04.2020, 10:38
Sport vazirligi uyda o`yin o`ynab o`tirib 65 million yutib olish imkoniyatini taqdim etadi

Ilk bor yurtimizda kibersport — kompyuter sporti bo`yicha “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasi tashkil etilmoqda. UBu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu musobaqa bugungi karantin davrida xalqimizning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O`zbekiston Esports Federasiyasi hamkorligida o`tkaziladi. Musobaqa joriy yil 14-30 aprel kunlari bo`lib o`tadi.

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to`liq onlayn rejimda o`tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibO`yindaBo`ling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yo`nalishda bo`ladi:

1. “FIFA20“;

2. “Clash Royale”;

3. “Victory The Age of Racing”.

Musobaqaning umumiy sovrin jamg`armasi 65 000 000 so`mni tashkil qiladi.

Yo`nalishlar bo`yicha mukofot jamg`armasi quyidagicha taqsimlanadi:

“FIFA 20“ – 30 000 000 so`m (1-5-o`rinlar taqdirlanadi);

“Clash Royale” – 20 000 000 so`m (1-5-o`rinlar taqdirlanadi);

“Victory The Age of Racing” – 15 000 000 so`m (1-5-o`rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8) orqali ro`yxatdan o`tiladi.

Shoshiling, ro`yxatdan o`tishning so`nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

- 15-22 aprel, guruh bosqich o`yinlari;

- 23-28 aprel, pley-off bosqich o`yinlari;

- 29 aprel, 3-o`rin uchun bahslar;

- 30 aprel kuni esa “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasining hal qiluvchi final o`yinlari bo`lib o`tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o`yinlar O`zbekiston Esports Federasiyasining Youtubedagi kanali orqali to`g`ridan-to`g`ri translyasiya qilinadi.

Qo`shimcha ma`lumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti va @minsport telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1