2020 yilning may oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan X Peterburg xalqaro yuridik forumi keyingi yilga qoldirilib, uning o`rniga joriy yilning 10–12 aprel kunlari Forumning virtual platformasi doirasida onlayn rejimda bo`lib o`tadigan 9½: “Koronavirus qonunlari” maxsus xalqaro forum o`tkazilyapti.
Onlayn forumning maqsadi – turli yuridik kasb vakillari-etakchi yuristlar tomonidan COVID-19 pandemiyasi sharoitida jamiyat hayotining huquqiy aspektlarini muhokama qilishdir.
Mazkur onlayn forum doirasida 10 aprel kuni Toshkent vaqti bo`yicha soat 15:45 dan 16:45 ga qadar o`tkaziladigan adliya vazirlari ochiq majlisida “Pandemiya sharoitida davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi” mavzusida adliya vaziri R. Davletov chiqish (taqdimot) qilishi ham rejalashtirilmoqda.
Onlayn forum doirasida inson huquqlari, shartnoma majburiyatlari, davlat boshqaruvi va qonun ijodkorligi, sud tizimining faoliyati, axborot maydoni, sanitar cheklovlar rejimi, xalqaro hamkorlik, jinoyatchilikka qarshi kurash, biznesni yuritish va pandemiya sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy va davlat rivojlanishining boshqa jihatlari bilan bog`liq masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.