Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida halok bo`lish bo`yicha eng past ko`rsatkich hozircha O`zbekistonga tegishli bo`lib turibdi.
Ayni paytda koronavirus bilan chalinganlar soni 624 taga etgan, shundan 3 tasi vafot etgan bo`lsa, 42 tasi tuzalib ketgan.
Dunyo bo`yicha o`lim holati O`zbekistonda 0,52 foizni tashkil etgan. Undan keyin Rossiya (0,75) bo`lib turibdi. MDH davlatlaridagi 1,13 foiz ko`rsatkich dunyodagi holatdan (6,1%) 5 baravar kam.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston va Turkmanistonda hozirgacha kasallik aniqlanmagan. Har ikkala mamlakat ham chegaralarini butunlay yopgan.
Dunyo bo`yicha eng ko`p o`lim Fransiya (14,14%), Italiya (12,73%), Buyuk Britaniya (12,26%), Niderlandiya (11,01%), Belgiya (10,1%) va Ispaniyada (10%) qayd etilgan.
Hozirgacha dunyo bo`yicha 1,61 mln. odam koronavirusga chalingan bo`lib, 95 mingdan ortiq odam vafot etgan, 35 mingdan ortiq odam tuzalgan.