AsosiyJamiyat

Erkinjon Turdimov samarqandliklarga qat`iy talab qo`ydi (video)

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyat ahliga murojaat qildi. U samarqan...

'Erkinjon Turdimov samarqandliklarga qat`iy talab qo`ydi (video)'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyat ahliga murojaat qildi. 

U samarqandliklarni karantin davrida intizomli bo`lishga, birdamlikda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashishga chaqirdi. 

"Agar isitmangiz chiqsa, "tez yordam" chaqiring, zinhor poliklinikaga bormang! Ishga borsangiz, to`g`ri ishga borib keling, boshqa joyga kirmang!" – dedi hokim.

Darhaqiqat hozirgi sharoitda joriy etilgan tartiblarga har bir fuqaro so`zsiz amal qilishi juda muhim. Negaki bir kishining ehtiyotsizligi, beparvoligi nafaqat uning o`ziga, balki butun bir xalqning salomatligiga dahl qiladi. Zerikkani yoki ishsiz qolganini dastak qilib uydan chiqayotganlar, buning ustiga tibbiy niqobsiz yurganlar, stiker olib, avtomashinani boshqa yo`nalishda boshqarayotganlar ayovsiz jazoga tortiladi. Bunday befarqlikni hech bir narsa bilan oqlab bo`lmaydi. Video:

Boshqa yangiliklar