Elizaveta II Britaniyaning eng boy odamlar ro`yhatini tark etdi

Dunyo 27.04.2015, 16:08
Elizaveta II Britaniyaning eng boy odamlar ro`yhatini tark etdi

Elizaveta II har yili The Sunday Times nashri tomonidan tuziladigan eng boy odamlar ro`yhatini tark etishi mumkin.

Ro`yhatga britaniyaning 300 nafar eng nufuzli boylari kiritilgan. Bu yil qirolicha 17 pog`onaga tushib, 302-o`rindan joy oldi.

Qirolicha ushbu ro`yhatga 1989 yildan beri har yili kirgan. Mustaqil ekspertlar qirolichaning boyligini 110 million funtga (170 million dollar) baholashdi. O`tgan yili qirolichaning daromadi 10 million funtni tashkil qildi.

Eng boy britaniyaliklar ro`yhatiga Warner Music egasi Leonid Blavatnik boshchilik qildi. Uning boyligini 13,2 milliard funtga (20 milliard dollar) baholashdi. Bundan tashqari ro`yhatga Roman Abramovich (7,29 milliard funt) va Richard Brenson (4,1 milliard funt) kirgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Britaniyaning ilk ming nafar boylarining umumiy boyligi 547 milliard funtga baholangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1