Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi 34 yoshli B.X. tanishi 30 yoshli O.A.ning joriy yilning 22 fevral kuni yo`l transport xodisasini sodir qilganligidan foydalanib, undan tovlamachilik yo`li bilan moddiy qimmatliklar olish rejasini tuzdi. Shu maqsadda 38 yoshli K.A. ismli ayol bilan jinoiy til biriktirdi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilishicha, K.A. O.A.ga o`zini yo`l transport xodisasi natijasida vafot etgan marxumning onasi sifatida tanishtirib, sud majlisida qamoqqa olishini so`rab da`vo qilishini, buning uchun etarli dalillari, jumladan, YTH yozilgan video tasvir mavjudligini, uni tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, pul talab qiladi.
Joriy yilning 7 aprel kuni o`zaro til biriktirgan fuqarolar O.A.dan 15 mln so`m pullarni olayotgan vaqtida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.






