1

Nepalda uch kunlik motam e`lon qilindi

Dunyo 28.04.2015, 14:27
Nepalda uch kunlik motam e`lon qilindi

Nepal hukumati seshanba kuni halokatli zilzila oqibatida halok bo`lganlar hotirasiga uch kunlik motam e`lon qildi, qurbonlar soni 4353 kishini tashkil qildi, yana sakkiz ming kishi jabrlandi.

DPA agentligining xabar berishicha, Nepal hukumati yaralangan va halok bo`lganlarni qidirish ishlari juda katta vaqt olishini ta`kidlashmoqda.

"Biz bunday katta halokatga tayyor emas edik", — deydi Nepal ichki ishlar vaziri Bam Dev Gautam.

IIV vakili ayrim uzoq hududlarga qutqaruvchilar hali hamon etolmayotganliklarini xabar qilmoqda.

Avval xabar berilganidek, 25 aprel kuni Nepalda 7,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Katmandu shimoli-g`arbidan 82 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zilziladan so`ng 20 ta aftershok yuz bergan. Hukumat mazkur tabiiy ofatni 81 yil ichidagi eng kuchlisi deb tan olinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1