1

Jizzaxda 2018 kishi koronavirus karantinidan chiqarildi

Jamiyat 11.04.2020, 14:49
Teglar: koronavirus O`zbekiston
Jizzaxda 2018 kishi koronavirus karantinidan chiqarildi

2020 yil 11 aprel soat 09:00 holatiga ko`ra, Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning ahvoli barqaror, qoniqarli holatda, deb ma`lum qildi viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasining matbuot xizmati.

Ularga shifokorlar tomonidan Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari qilinmoqda.

Shu kungacha epidemik vaziyat noxush bo`lgan davlatlardan viloyatga kelgan 2 ming 349 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvga olingan. Ulardan shu kun holatiga 2 ming 18 nafari nazoratdan chiqarildi.

Bemorlar bilan birlamchi va ikkalamchi muloqotda bo`lgan 1 ming 351 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda qolmoqda.

Ulardan 1 ming 146 nafari uy karantinida, 205 nafari stasionar karantinga olingan.

Sog`liqni saqlash boshqarmasi, mutasaddi boshqarma va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Sharhlar

23-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 65 ming nafarga yaqinlashmoqda

24.10.2020, 00:08

2020 yil 23 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 811 (+87) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:19 nafari Toshkent shahrida, 68...
22-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafardan oshdi

22.10.2020, 23:42

2020 yil 22 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 518 (+79) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Toshkent shahrida,  65...
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafarga yaqinlashmoqda

20.10.2020, 23:57

2020 yil 20 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 912 (+81) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Toshkent shahrida, 71...
17-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 63 ming nafarga yaqinlashmoqda

18.10.2020, 02:42

2020 yil 17 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 995 (+82) nafarni tashkil etmoqdaYangi kasallanish holatlarining:24 nafari Toshkent shahrida,54...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1