AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog`istonga bormaslik tavsiya qilindi

'O`zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog`istonga bormaslik tavsiya qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyada huquqbuzarlik sodir etib, O`zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog`istonga bormaslikni tavsiya qildi.

Ma`lum qilinishicha, Qozog`iston va Rossiya hukumatlarining ma`muriy va jinoiy ishlari bo`yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog`iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

Natijada so`nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O`zbekiston fuqarolarining Qozog`iston chegarasini kesib o`tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo`yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O`zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog`istonga bormaslik tavsiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar