1

“Boshingga tashvish tushsa, kim do`stligini bilasan...” nomli videomurojaatga rasmiy munosabat bildirildi (Video)

Jamiyat 11.04.2020, 17:09
Teglar: Video
“Boshingga tashvish tushsa, kim do`stligini bilasan...” nomli videomurojaatga rasmiy munosabat bildirildi (Video)

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Boshingga tashvish tushsa kim do`stligini bilasan, deb bekorga aytilmas ekan...,” mavzusidagi videomurojaatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo`lgan mazkur videomurojaatga bildirilgan munosabatda jumladan, shunday deyiladi:

Davlatimiz tomonidan dunyo bo`ylab jiddiy tashvish o`yg`otayotgan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va uni tezkorlik bilan jilovlash yuzasidan mamlakatimizda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda xalqimizga xos mehr-muruvvatlilikni keng namoyon etayotgan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar, saxovatpesha insonlar ham faol qatnashib, o`z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda joylardagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga turli oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va boshqa vositalarni topshirayotir. Bu erda jamlanayotgan mahsulotlar sanitariya-gigiena talablariga mos qadoqlanib, ijtimoiy yordamga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga etkazib berilmoqda.

Mahallalar tavsiyasi va markazga qilinayotgan murojaatlar asosida bepul yordamdan bahramand bo`layotgan yurtdoshlarimiz el boshiga ish tushgan shu kunlarda ko`p millatli xalqimiz osoyishtaligi va salomatligini saqlash hamda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotgan ulug`vor ishlardan faxr hissini tuyib, davlatimizga minnatdorchilik bildirayotganini, homiylar va saxovatpesha insonlarni chin ko`ngildan duo qilayotganini barchamiz ko`rib-bilib turibmiz. Afsuski, bu kabi ezgu amallarimizga hasad qilibmi yoki boshqa maqsadlardami bunday ulug` fazilatlarimizni noto`g`ri talqin etishga harakat qilayotganlar ham uchrab turibdi.

Ana shunday shaxslardan biri joriy yil aprel oyi boshlarida telegramm mesendjerining “Telegram_Yulduzlari | Uyda qoling..” kanali orqali guyoki o`zining munosabatini bildirmoqchi bo`lib, bo`hton gaplardan iborat videorolikni joylashtirgan hamda aholi orasida norozichilik kayfiyatini keltirib chiqarishga sababchi bo`lgan. O`zbekistondagi vaziyatni bilmagan holda qoralab, dunyo hamjamiyati orasida obro`yini tushirishga uringan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan surushtiruv ishlari natijasida shunday sinovli kunlarda Vatanimizga tosh otmoqchi bo`lgan bu shaxs aniqlandi. U Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug`ilib o`sgan va o`tgan yilning 24 iyunida vaqtincha ishlash uchun Turkiya davlatiga jo`nab ketgan Amriddin Jo`raev ekani ma`lum bo`ldi.

Tirnoq ichidan kir izlashga uringan bu yigit endi 21 yoshga to`lmoqda. U 2010 yilda o`qish maqsadida Toshkent shahridagi Yunusobod tumanida istiqomat qiladigan qarindoshinikiga borib, o`sha erda o`qishga tayyorlangan. Jurnalist bo`lish maqsadida oliy ta`lim muassasasiga hujjat topshirib, sinov imtihonlaridan o`ta olmagan. Ammasining pishiriq sexida mehnat qilgan. Shu yillarda amakisi O.Ro`zmatov orqali asli Sirdaryo viloyati Yangier shahrida yashagan, ayni paytda oila a`zolari bilan Turkiya davlatida istiqomat qilib, ishlayotgan A.Ahmatqulov bilan telefon orqali tanishib, 24.06.2019 yil ishlash hamda o`qish niyatida Qozog`iston Respublikasi orqali Chimkent-Istanbul yo`nalishida Istanbul shahriga etib olgan. Shu kunlarda A.Ahmadqulov bilan Istanbul shahridagi pishiriq sexida mehnat qilayotgan bu yigit Turkiya davlati Istambul shahridagi Sharqshunoslik institutiga hujjat topshirib, sinov imtihon natijalari chiqishini kutmoqda.

Mazkur holat yuzasidan A.Jo`raev doimiy ro`yxatda turgan Denov tumanidagi Qovunlisoy mahallasi Vatanparvar ko`chasi 16-uyda uning otasi Sh.Ruzmatov hamda onasi M.Jo`raeva bilan surishtiruv ishlari olib borilgan. Ular o`g`li A.Jo`raev o`qish va ishlash maqsadida Turkiya davlatiga ketgani, video rolikda aks etgan shaxs ularning o`g`li Amriddin ekanini tasdiqlagan. Biroq, o`g`lining ushbu videomurojaatda o`zini tasvirga olgani, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganidan umuman xabari yo`qligini ma`lum qilgan. Shu kuni Sh.Ro`zmatov bilan M.Jo`raeva holatga aniqlik kiritish uchun o`g`lining xorijdagi telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib gaplashganida ushbu videorolikni ijtimoiy tarmoqlarga o`zi joylashtirganini tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini, bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytgan.

“Boshingga tashvish tushsa kim do`stligini bilasan, deb bekorga aytilmas ekan...,” deya nomlangan video murojaat bilan o`zini vatanparvar va dono qilib ko`rsatishga uringan bu yigitga ijtimoiy tarmoq orqali xalqimiz ham munosib munosabat bildirdi. Biz ularni misol sifatida keltirib, ota-onasi va qavmu-qarindoshlarining yuzini erga qaratmoqchi emasmiz. Faqat hozirgidek og`ir kunlarda o`z eliga esh bo`lolmagan bu “o`g`lon” kelajakda Vatanga qanday naf keltirishi mumkin? Biz ularga shu haqda chuqur o`ylab ko`rishni tavsiya etmoqchimiz, xolos!

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1