Nursulton Nazarboev qasamyod qabul qildi

Dunyo 29.04.2015, 12:49
Nursulton Nazarboev qasamyod qabul qildi

Qozog`istonning qayta saylangan Prezidenti Nursulton Nazarboev Ostonaning mustaqillik saroyida qasamyod qabul qildi.

U tantanali tarzda "Qozog`iston xalqiga sidqidildan xizmat qilishi, mamlakat Konstitusiyasi va Qonunlariga amal qilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashi, prezident vazifasini vijdonan bajarish"ga qasamyod qildi, deya xabar beradi TASS.

26 aprel kuni Qozog`istonda navbatdan tashqari o`tkazilgan Prezident saylovlarida Nursulton Nazarboevga 97,75% saylovchilar ovoz bergan. 

Nursulton Nazarboev 1991 yilda Qozog`istonning ilk prezidenti etib saylangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1