1

Evropadagi mamlakatlarning birida futbol bo`yicha chempionat hamon davom etmoqda

Sport 13.04.2020, 07:11
Evropadagi mamlakatlarning birida futbol bo`yicha chempionat hamon davom etmoqda

Hozirgi koronavirus pandemiyasi avj olgan davrda Evropadagi Belorusiya davlatida futbol musobaqalari hamon davom etmoqda. Ammo, ko`plab muxlislar kasallikkka chalinishdan qo`rqib ligadagi o`yinlarga boykot e`lon qilmoqdalar.

Juma kuni G`arbiy Grodno shahrida mahalliy «Neman Grodno» jamoasi deyarli bo`sh stadionda «Belshina Bobruisk» bilan durang o`ynadi. O`yinga 253 ta fanat keldi. O`tgan yili ”Neman”ning uy uchrashuvlariga 1,500 ga yaqin odam tashrif buyurardi.

Hatto “Neman Grodno”ning muxlislari ham odamlarni futbolga kelmaslikka chaqirishgan.

«Uyda qolaylik. Shunda koronavirusning tarqalishi bilan bog`liq xavflar kamayadi. O`zimizni va yaqinlarimizni himoya qilaylik», deyiladi muxlislarning bergan bayonotida.

«Belshina» jamoasi bosh murabbiyi Eduard Gradoboev muxlislarning kamligi haqidagi savolga javob berar ekan: «Albatta, bu asosiy muammo. Chunki futbol tomoshabinlar uchun. Stadionning yarmi bo`sh turganini ko`rsangiz o`zingizni juda noqulay his qilasiz», – dedi.

Avvaliga Belorusiya futbol federasiyasi ligani davom ettirish qarorini mamlakatda koronavirus holatlari juda kam bo`lgani bilan izohlagandi. Ammo, yaqin kunlarda ular bu haqda gapirishdan bosh tortishgan.

So`nggi raqamlarga ko`ra, Belarusiyada virus bilan kasallanganlar soni 2,226 tani, vafot etganlar soni 23 tani tashkil qilmoqda.

1994 yildan beri Belorusiyani qattiqqo`llik bilan boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko mamlakatda qat`iy karantin choralarini ko`rishga shoshilmayapti. U odamlarga kasallikka qarshi kurashish uchun aroq ichishni va saunalarga borishni maslahat berdi. Lukashenko o`zini virusdan ko`ra ko`proq mamlakat iqtisodiyoti tashvishga solayotganini aytdi.

U 7 aprel kuni rasmiylar bilan uchrashuvda 24 soat ichida karantin choralarini joriy qilishi mumkinligini aytdi.

«Ammo biz keyin nima eymiz?» deya qo`shimcha qilgan Belorsussiya rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1