1

Mahmud Muradov bormaydigan bo`lgan UFC 249 musobaqasi «Tepadan» qo`ng`iroq sabab bekor qilindi

Sport 13.04.2020, 09:42
Mahmud Muradov bormaydigan bo`lgan UFC 249 musobaqasi «Tepadan» qo`ng`iroq sabab bekor qilindi

18 aprel kuni o`tkazilishi lozim bo`lgan UFC 249 oqshomi ham bekor qilindi. Jang uchun Kaliforniyadagi kazinolardan bir tanlangan va barcha narsa shay holatiga keltirilayotganiga qaramasdan, janglar o`tkazilmasligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Go Sport xabar berdi.

«Juda yuqoridan telefon bo`ldi va bu musobaqani to`xtatishim lozimligini aytishdi. Albatta, sog`liq birinchi navbatda», deya vaziyatni izohladi UFC prezidenti Deyna Uayt.

Eslatib o`tamiz, ushbu jangda Habib Nurmagomedov ishtirok etishi lozim edi, keyinchalik uning o`rniga Dastin Getji Toni Fergyusonga qarshi ringga chiqadigan bo`lgandi.

 ShUningdek, aralash jang san`ati bo`yicha o`rta (-84kg) vaznda oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Muradov ham 18 aprel kuni UFC 249 doirasida jang o`tkazishi lozim edi. Ammo koronavirus infeksiyasi sabab Mahmud AQShga bora olmaydigan bo`ldi va jang bekor qilingan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1