Xabaringiz bor, avvalroq karantin paytida Toshkent-Sitini sayr qilib, "...Koronavirus tarqalgani bir tomondan yaxshi, ko`chalarda odam yo`q! Mazza qilib sayr qilish mumkin. Meni hech kim olib qochib ketmaydi..." deya o`zini ko`z-ko`z qilgan qiz haqida videoni xavola qilgan edik.
Shundan so`ng qoidabuzar qiz videomurojaat bilan chiqib, ushbu qilgan ishi uchun hech kimdan uzr so`ramasligini, video ancha oldin olinganini va bunga isboti ham borligini aytdi.
Biroq, vaziyat qizaloq o`ylagandek engil bo`lib chiqmadi. Qizning shaxsiga aniqlik kiritildi. U Qibray tumanida yashovchi Mahliyo Bozorova ekani ma`lum bo`ldi.
Karantin vaqtida "Tashkent Citi"da niqobsiz sayr qilgan oypari hammadan qilgan ishi uchun uzr so`radi va jazo sifatida eng kam ish haqqining 5 baravarigacha jarima to`laydigan bo`ldi.






