Bekobod shahrining markaziy ko`chalari yopildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar beradi.
" Bularning barchasi albatta aholi sog`ligi va tinchligi uchundir. O`zingizni va yaqinlaringizni asrash uchun uyda qoling!", deyiladi taqdim etilgan ma`lumotda.
Eslatib o`tamiz, bundan avval ham Toshkent viloyatining bir nechta shaharlariga kirish-chiqish yopilgan edi.
Shuningdek, kecha 13 aprel kuni Toshkent viloyatida karantindagi 18 nafar fuqaroda COVID-19 tasdiqlangani sababli klinikaga yotqizildi.






