Xabaringiz bor, avvalroq karantin paytida Toshkent-Sitini sayr qilib, "...Koronavirus tarqalgani bir tomondan yaxshi, ko`chalarda odam yo`q! Mazza qilib sayr qilish mumkin. Meni hech kim olib qochib ketmaydi..." deya o`zini ko`z-ko`z qilgan qiz haqida videoni xavola qilgan edik.
Shundan so`ng qoidabuzar qiz videomurojaat bilan chiqib, ushbu qilgan ishi uchun hech kimdan uzr so`ramasligini, video ancha oldin olinganini va bunga isboti ham borligini aytdi.
Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda 15 sutkalik qamoq jazosi olishga nomzod bo`lgan yana bir “oypari”ning videosi tarqaldi. U ham karantin paytida sayr qilib yurganini namoyish qilgan. Nima ham derdik, shuncha tushuntirish ishlariga qaramay, o`zining, yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo`ygan bu qiz ham ertaga uzr so`rab chiqsa kerak...






