Jizzaxlik 44 yoshli J. Aloviddinov koronavirus kasalligi bilan bog`liq xabarlarni tarqatganligi uchun joriy yilning 10 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Arnasoy tuman sudi tomonidan sudlandi.
Oliy sud matbuot xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra, J.Aloviddinov Sirdaryo viloyatida tug`ilgan, avval ham sudlangan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 244-5-moddasi (karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybladi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.