18 may kuni respublikamizdagi barcha muzeylarda o`tkaziladigan "Ochiq eshiklar” kuni tadbirlarida barcha muzeylar keng aholiga bepul xizmat ko`rsatadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi xabar beradi.
O`zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat san`at muzeyida 18 may kuni "Muzey oqshomi”ga sayohat uyushtiriladi.
Shuningdek, hunarmandlar, rassomlar, yozuvchi-shoirlar, tarixchi-olimlar, madaniyat va san`at namoyondalari ishtirokida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va mahorat mashg`ulotlari o`tkaziladi.





