Muxlislar qalbini “Ko`ylaklari bilan cho`milgan qizlar”, “Yig`lamang”, “Yillar armoni”, “So`zlasang” kabi asrga tatigulik qo`shiqlari va video ketma ketliklari bilan zabt etgan xonanda Shuhrat Daryo navbatdagi xit qo`shig`iga klip suratga oldi.
Qo`shiq nomi “Lolaqizg`aldoq” bo`lib, tarona yurtimiz radio to`lqinlari orqali o`z muhlislarini allaqachon topib ulgurgan. Qo`shiq so`zi Xursanoy Ismatovaga, musiqasi esa Shuhrat Daryoning o`ziga tegishli.
Klip ikki kun mobaynida Jizzax viloyatining Forish tumanida suratga olindi. Video ketma-ketlikni yaqin kunlarda oynai jahon orqali tomosha qilishingiz mumkin.





