1

O`zbek noni turlari haqida kitob nashr etiladi

Madaniyat 15.04.2020, 18:02
Teglar: O`zbek noni, kitob
O`zbek noni turlari haqida kitob nashr etiladi

O`zbek dasturxonini tandirdan yangi uzilgan nonsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Non ham palov singari xalqimizning nomoddiy madaniy merosi hisoblanadi, zero uning ham o`ziga xos tarixi bor. O`zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar ham doim o`zbek noni ta`miga yuqori baho berib, hatto o`zlari bilan birga olib ketishadi. Mashhur va mazali o`zbek nonlari haqida taniqli oshpaz Baxriddin Chustiy kitob yozib, nashrga tayyorladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi ruizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berdi.

O`zbekistonning har bir hududida tayyorlanadigan nonlar bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun Baxriddin o`zbek nonlarini tayyorlash reseptlari va texnologiyalariga oid bilimlarini yanada boyitish hamda ularni bir kitobga jamlash maqsadida mamlakatimiz hududlari bo`ylab sayohat qildi. 

Chustiyning aytishicha, ushbu kitobda 50 dan ortiq turdagi non va non qo`shib tayyorlanadigan 10 xil taom resepti jamlangan. “Ular orasida qadimgi unut bo`lgan va barchaga ma`lum bo`lgan reseptlar, shuningdek yangi tadqiqotlar keltirilgan. Shuning barobarida kitobdan non va nonli taomlarni pishirish madaniyati va urf-odatlari, tandir, chakich va non bilan bog`liq barcha ma`lumotlar bor”, – deydi oshpaz. 

Kitob dastlab o`zbek tilida nashr etiladi, keyinroq uni rus, ingliz va turk tillaridagi versiyalarini nashr etish rejalashtirilgan. O`zbek noni haqidagi kitobni nashrga tayyorlash ustida katta professional guruh ish olib bordi. Bugungi kunda kitob chop etishga tayyor va yaqin kunlarda nashr etiladi. Ta`kidlash joizki, ushbu kitob O`zbekistonning gastronomik turizm rivojiga o`z hissasini qo`shadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1