AsosiyJamiyat

Koronavirus bilan kasallanganlar ToshMI klinikasiga yotqizildi. Ularning 6 nafari og`ir ahvolda

'Koronavirus bilan kasallanganlar ToshMI klinikasiga yotqizildi. Ularning 6 nafari og`ir ahvolda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov «O`zbekiston 24» telekanali orqali ichiqish qilib mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlarning ayni paytdagi ahvoli haqida ma`lumot berdi

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro`yxatga olingan bemorlar soni 1349 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma`lumotga ko`ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 100 bemorning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining ahvoli nisbatan og`ir va yana 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 2 nafarining ahvoli og`ir, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 bemordan 6 nafarining ahvoli og`ir, deb baholanyapti. 

Eslati o`tamiz, O`zbekistonda 16 aprel soat 10:00 holatiga ko`ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1349 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirga qadar koronavirus oqibatida 4 kishi vafot etgan, shuningdek,  bemorlarning 107 nafari sog`aydi.

 

    Boshqa yangiliklar