AsosiyJamiyat

Musulmonlar idorasi karantinda ayollar jamoat bo`lib, peshin va taroveh namozi o`qishi borasidagi savolga aniqlik kiritdi

'Musulmonlar idorasi karantinda ayollar jamoat bo`lib, peshin  va taroveh namozi o`qishi borasidagi savolga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Karantinda ayol-qizlar bilan jamoat bo`lib, peshin o`qish joizmi? Taroveh namozi-chi?

O`zbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi o`rinbosari Homidjon Ishmatbekov salovga javob berdi:

“Karantin holatida juma kuni oila a`zolari bilan peshinni jamoat bo`lib o`qish mumkin. Hozirda masjidlarimiz karantin sababli yopilgani uchun juma namozining o`rniga uyda peshin namozi o`qilmoqda.

Ammo, juma namozi masjidlarda o`qilgan vaqtlarda uzrli va uzrsiz kishilarning uyda peshinni jamoat bo`lib o`qishlari makruhdir. Chunki, bunda jumaning jamoatini kamaytirish va buyruqqa qarshi yo`l tutish bor.
Karantin holatida esa ahli ayoli va farzandlari bilan peshinni jamoat bo`lib o`qishda jumaning jamoatini kamaytirish ham, buyruqqa qarshi yo`l tutish ham yuz bermaydi. Zero, mo`min-musulmonlarning jonini omon saqlash uchun karantin e`lon qilingan va shu sabab juma namozining o`rniga peshin namozi o`qilmoqda.

Shu o`rinda Taroveh namoziga ham izoh berib o`tish joiz, ortiqcha tushunmovchiliklar bo`lmasligi uchun. Taroveh namozini karantin vaqtida masjidda ado qilish imkoniyati bo`lmagani bois, uyda yolg`iz ado etish ham joiz. Lekin xonadon ahli bilan jamoat bo`lib ado qilish afzaldir. Taroveh namozida ham imomdan tashqari bir kishi bo`lsa, jamoat bilan ado qilingan bo`ladi”.

    Boshqa yangiliklar