AsosiyShou-biznes

Bahrom Nazarov "shoshmaganini" isbotlamoqda

Yaqinda saytimiz orqali Bahrom Nazarovning yurtimiz bo`ylab gastrol safariga chiqqani haqida ma`lumot bergan edik.

Gastrol konserti oldidan jurnalistlarning Bahrom Nazarovning gastrol konsertiga hali vaqtli emasmidi degan savollariga viloyatlarda muvaffaqiyatli o`tayotgan konsertlari bilan javob qaytardi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Yurtimizning Namangan, Andijon va Farg`ona viloyatlaridagi konsertlarini a`lo darajada o`tkazgan Nazarov ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatidagi konsertini ham a`lo darajada o`tkazib qaytdi.

Konsert tashkilotchilarining ma`lumotlariga ko`ra, Qashqadaryo viloyatidagi konsert uchun biletlar dasturdan bir hafta oldin sotilib bo`lingan.

    Boshqa yangiliklar