1

"Humo" xokkey klubi pandemiya sabab bu yilgi chempionatlarda qatnashmaydigan bo`ldi

Sport 17.04.2020, 21:50
"Humo" xokkey klubi pandemiya sabab bu yilgi chempionatlarda qatnashmaydigan bo`ldi

Toshkentning "Humo" xokkey klubi kelasi mavsum Oliy Xokkey Ligasida (OXL) ishtirok etmasligini ma`lum qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan noqulayliklar, musobaqalar qachon va qay tariqa o`tkazilishi noma`lum bo`lib qolayotgani sabab sifatida ko`rsatilgan.
"Ayni vaqtda butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq bo`lgan sinovli damlarni boshdan kechirmoqda. Noqulay vaziyatni tezda bartaraf etish yo`lida hammamiz davlat va tibbiyotning barcha talablariga rioya qilish juda muhimdir.
Hozirgi kunda, pandemiyaga qarshi kurash choralari munosabati bilan dunyoning deyarli barcha mamlakatlari misli ko`rilmagan cheklash choralarini ko`rdilar, chegaralar yopildi va havo, temir yo`l yoki avtomobil yo`li orqali transchegaraviy aloqa mavjud emas. Infeksiyaning tarqalish ko`lamini va yangi koronavirusning inson hayoti va sog`lig`iga tahlikasini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va VHL chempionatining boshlanish vaqti to`g`risida aniq tushuncha bo`lmagan sababli, shuningdek, u qay tarzda o`tkazilishini noaniqligini hisobga olgan holda klub rahbariyati “Humo” Xokkey Klubi OXL va QRO chempionatlarida 2020-2021 mavsmida ishtirok etmasligiga qaror qildi", deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Ma`lumot uchun, "Humo" xokkey klubiga 2018 yil oxirida asos solingan. Jamoa uy uchrashuvlarini "Humo Arena"da o`tkazadi. 2019 yilda xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionatida ishtirok etgan. 2019 yilning yozida klubning OXLda ishtirok etishi ma`lum qilingandi.

Eslatib o`tamiz,  rossiyalik bir qator xokkey afsonalari -  Aleksandr Yakushev, Valeriy Kamenskiy, Aleksey Jamnov va Vitaliy Proxorovlarga Prezident Shavkat Mirziyoev taklifi bilan Toshkent shahridan uy berilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1