Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat quyidagicha:
Kecha, 18 aprel 23:00da 21 ta kasallik qayd etilib, jami kasallanganlar 1490 nafarga etdi.
Sog`ayganlar — 194 kishi. Buxoro, Xorazm, Farg`ona, Toshkentda davolanayotgan bemorlar tuzalgan. Xususan, kecha koronavirusdan og`ir ahvolga tushgan chiroqchilik 83 yoshli chiroqchilik onaxon butunlay tuzaldi.
Kecha, Toshkentda koronavirus yuqtirib olgan 77 yoshli ayol vafot etdi, bu bilan umumiy vafot etgan soni 5 ta bo`ldi.
Respublika maxsus komissiya qarori bilan O`zbekistonda karantin cheklovlari 10 maygacha uzaytirildi.
Shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan.






