Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Xususan, Respublika perinatal markazini homilador va xodimlari bilan nega va qancha muddatga yopilgani so`raldi.
Habibulla Oqilovning ma`lum qilishicha, 16 aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. U maxsus ajratilgan 3 tug`ruqxonaga ko`chirildi. Shuning uchun RPM karantinga yopildi.
Hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmadi. Perinatal markaz qachon ochilishi masalasi karantin qoidalariga mos holda hal etiladi.






