AsosiyJinoyat

Farg`onada baqir-chaqir qilib, IIBga bo`ysunmagan fuqaro 15 kunga qamaldi

'Farg`onada baqir-chaqir qilib, IIBga bo`ysunmagan fuqaro 15 kunga qamaldi'ning rasmi

O`zbekiston tuman ma`muriy sudi raisi Avazbek Rahimovning ma`lum qilishicha, Furqat tumanida istiqomat qiluvchi B.Y. 13 aprel kuni soat 14-00 larda, karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzgan. 

Ya`ni tuman Ingichka MFY hududida joylashgan nazorat postida baqir chaqir qilib, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini hamda jamoat tartibini buzib, tuman IIB profilaktika inspektorining bezorilik xatti-harakatlarini to`xtatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmasdan, mayda bezorilik qilgan.

Huquqbuzar B.Y.ning yuqoridagi g`ayriqonuniy xatti-harakatlari O`zbekiston tuman ma`muriy sudi tomonidan 14 aprel kuni ochiq sud majlisida ko`rib chiqildi.  Huquqbuzar B.Y. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 54-moddasi 2-qismi, 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 34-moddasi tartibida unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Aziz hamyurtlar, zaruriyat bo`lmasa uydan chiqmang uyda qoling. Karantin qoidalariga qat`iy rioya qiling! Bu bilan Siz o`zingizni, farzandlaringizni, yaqinlaringizni va butun O`zbekiston xalqini asragan va koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olishga juda katta hissa qo`shgan bo`lasiz.

    Boshqa yangiliklar