Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangiyo`l shahar Navro`z dahasida joylashgan 4-uy oldida 3 nafar notanish shaxslar daydi itlarni otib ketishmoqda”, degan izohlar bilan xabar tarqatilgan edi.
Oliy sud Matbuot xizmatining darakchi.uzga ma`lum qilishicha, 18 aprel kuni Toshkent viloyati Yangiyo`l shahar ma`muriy sudida xabardagi fuqarolarning sudi bo`ldi.
Sud majlisida D.Salimov, A.Xamrakulov, A.Karimov ayblariga iqror bo`lishgan. Ya`ni haqiqatdan ham ular 2020 yil 14 aprel kuni soat 21-00 larda Yangiyo`l shahar Navro`z dahasi hududida qo`llariga “HATSAN STRIKER” nomli sport pnevmatik miltiqlarini olib, ularni xavfsiz joyga olib borishyotgan bo`lgan. O`sha payti qo`shnisi O.Gataulina ularni qo`l telefoniga tasvirga olgan. Ammo ular ushbu tir miltiqlari orqali it ovlamaganini, ushbu miltiqni “Dinamo” sport do`konidan D.Salimov shaxsiy ehtiyojlari uchun sotib olgani aytgan. Fuqarolarning osoyishtaligini buzganligi uchun kechirim so`rashini bildirib, suddan engillik berishni so`rashdi.
Ammo voqeani tasvirga olgan O.Gataulina, o`g`li tashqarida miltiq ovozidan qo`rqib ketganini aytgan. O`sha paytda derazadan pastga qaraganida qo`shnilari D.Salimov, A.Xamrakulov va A.Karimovlar qo`llaridagi miltiqlari bilan it ovlab yurganini ko`rganligini aytdi. Suddan ishni qonuniy hal qilishni so`radi.
Sud qarori bilan D.Salimov, A.Hamrakulov, A.Karimovga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan
15 o`n besh kun ma`muriy qamoq hamda 4.460.000 so`m jarima jazosi tayinlandi.






