1

Bokuda yuz bergan yong`in vaqtida Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vaziri Toshkentda bo`lgan (FOTO)

Dunyo 20.05.2015, 14:07
Bokuda yuz bergan yong`in vaqtida Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vaziri Toshkentda bo`lgan (FOTO)

19 may kuni tongda Bokuning Azadlig shohko`chasida 16 qavvatli turar joy binosida kuchli yong`in sodir bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yirik yong`in oqibatida 16 kishi qurbon bo`lgan, bu haqda Ozarbayjon sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Halok bo`lganlarning uch nafari bolalar. 54 nafar jabrlanganlar kasalxonaga etkazilgan. Yana 10 kishi voqea joyida tibbiy yordam olgan.

Ozarbayjon Bosh prokurori Zokir Qoralov bergan ma`lumotlarga ko`ra, yong`in binoning sifatsiz qoplama bilan qoplanganligi oqibatida yuzaga kelgan. Yong`in sabablarini aniqlash uchun FVV, IIV va Bosh prokuratura vakillaridan tarkib topgan tergov guruhi tuzilgan.

1news.az’ning xabar berishicha, seshanba kuni tongda boshlangan yong`inni o`chirishga Ka-32 vertolyoti jalb etilgan. 

“Jahon” AAning xabar berishicha, 19 may kuni Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Haydarov Toshkentda favqulodda holatlarni bartaraf etish yuzasidan O`zbekiston hukumati bilan kelishuv imzolagan. Yong`in haqidagi xabarni eshitgach esa, zudlik bilan Vataniga qaytgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1