AsosiyJamiyat

Moliya vazirligi va Soliq qo`mitasi davlat tadbirkorlarni qanday qo`llab-quvvatlayotganini gapirib beradi

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoql...

'Moliya vazirligi va Soliq qo`mitasi davlat tadbirkorlarni qanday qo`llab-quvvatlayotganini gapirib beradi'ning rasmi

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida»gi va «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Farmonlari karantin choralarining murakkab sharoitlarida tadbirkorlik sub`ektlarini ko`p tomonlama qo`llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Bu qanday qo`llab-quvvatlash ekanligi va undan qanday foydalanish mumkinligi haqida shu yilning 27 aprel kuni moliya vazirining o`rinbosari Dilshod Sultonov va Davlat Soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Mubin Mirzaev videokonferensiya orqali gapirib beradi. Bu haqda Moliya vazirligi hamda DSQ axborot xizmatlari ma`lum qildi.

Videokonferensiyada quyidagi savollarga javob topish imkoni bo`ladi:

·      Hukumat pandemiya sharoitida kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash uchun nima qilmoqda va yana nima qilmoqchi?

·      Qaysi soliqlar bo`yicha kimga va qanday muddatga foizsiz kechiktirish beriladi?

·      Kechiktirish (bo`lib-bo`lib to`lash)ni olishning ariza berish mexanizmidan kim va qanday foydalanishga haqli?

·      QQS to`lashning imtiyozli tartibini qanday qo`llaniladi?

·      Soliq ma`muriyatchiligida nima o`zgardi?

·      Davla soliqqa oid choralardan tashqari, qo`llab-quvvatlashning qanday boshqa choralarini qabul qildi?

    Boshqa yangiliklar