Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi paxta qabul qilishni deyarli to`xtatgan ob`ektda mavjud 3,2 gektar bo`sh maydon tuman hokimligi zahirasiga qaytariladi hamda bu erda 6 ta yangi mini logistika markazi tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.
Xabarda yozilishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Oqtosh MFY hududida joylashgan eski paxta punkti hududini borib ko`rdi. Ob`ekt bilan tanishuv chog`ida bu erda mini logistika markazi tashkil etishga kelishildi.







