Avval xabar berganimizdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan xitoylik shifokorlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 15 kishilik guruh mamlakatimizga keldi.
Koronavirusga qarshi kurashishda ko`mak berish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik tibbiyot eksperti Li Zongfang O`zbekistonda o`lim ko`rsatkichi nega pastligini izohladi:
“Biz Farg`onaga avtomashinada keldik. Shunga alohida e`tibor berdikki, hududlarda karantin postlari tashkil etilgan, ko`chalarda odamlarni uchratmadik.
Aholi hamjihatlikda karantin qoidalariga qat`iy amal qilayotganining o`zi bu kasallikni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasida olib borayotgan ishlar e`tirofga loyiq. Shu sababli ham o`lim ko`rsatgichi ancha past”, — degan u.
Avvalroq MDH va EI davlatlari ham O`zbekiston aholisi karantin tartibiga eng namunali tarzda amal qilayotgani e`tirof etilgan edi.






