O`zbekiston Milliy antidoping agentligi sportchilarga maxsus bayonot bilan chiqdi

Sport 21.04.2020, 17:34
O`zbekiston Milliy antidoping agentligi sportchilarga maxsus bayonot bilan chiqdi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Milliy antidoping agentligi karantin davrida uy sharoitida mashg`ulotlar olib borayotgan sportchilardan doping qoidalarini buzmaslik va ularga qat`iy rioya qilish bo`yicha muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Hurmatli sportchilar va murabbiylar!

Ma`lumki, butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi ko`plab sport tadbirlarini, jumladan to`rt yillikning eng yirik sport musobaqalari bo`lmish 2020 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining o`tkazilishini keyingi yilga surilishiga sababchi bo`ldi.

Bu sportchilarimiz, ularning murabbiylari hamda tibbiyot mutaxassislariga 2021 yilda o`tkazilishi ko`zda tutilgan O`yinlarga yanada samarali va puxta tayyorgarlik ko`rishiga imkon yaratadi. Hozirda barcha sportchilarimiz uy sharoitida mustaqil ravishda, murabbiylar hamda shifokorlarning onlayn nazorati va ko`magi ostida mashg`ulotlarni bajarishda davom etishmoqda.

Aziz sportchilar, Qadrli murabbiylar!

Karantin davomida o`z sport qobiliyatingizni saqlash va yanada yuksaltirish maqsadida yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishingizni, sport tartibiga qat`iy rioya qilishingizni hamda sportda taqiqlangan dori-darmonlar va moddalarni iste`mol qilishdan yiroq bo`lishingizni so`raymiz. Agarda sportchilarimiz orasida bu kabi dori-darmonu moddalarni qo`llab, ular qisqa muddat ichida inson tanasidan chiqib ketadi deb o`ylaydiganlar bo`lsa, ular adashishadi.

Yangilik emaski, antidoping laboratoriyalarning zamonaviy usullari yordamida 3-4, hattoki 7-8 yil avval iste`mol qilingan doping-moddalari aniqlanib kelmoqda. Shuning uchun ogoh bo`ling, o`z mahoratingiz va kuchingizga, xalqimiz duosiga va muxlislarning olqishlab sizni qo`llab-quvvatlashiga ishoning. Adolatli sport va mardona kurashning faxrli timsoli va tarafdori bo`ling”, – deyiladi bayonotdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1