1

Makkada dunyodagi eng katta mehmonxona barpo etiladi

Dunyo 22.05.2015, 15:17
Makkada dunyodagi eng katta mehmonxona barpo etiladi

Saudiya Arabistonidagi axborot manbalarining aytishicha, 2017 yilga qadar butun musulmon ahli uchun muqaddas sanalgan, Masjidul Harom joylashgan Saudiya Arabistonining Makkai mukarrama shahrida dunyodagi eng katta mehmonxona barpo etilishi ko`zda tutilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining “Sabaq” elektron nashri ma`lumotlariga asoslanib, muslim.uz xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mehmonxona 12 ta minora ko`rinishida quriladi. Ushbu minora ko`rinishidagi binolar majmuasida jami 10 mingta xona, 70 ta restoran, anjumanlar o`tkaziladigan zallar va supermarketlar joylashadi.

Mehmonxonaning 10 ta binosidagi xonalar “4 yulduzli” va qolgan 2 tasidalar esa “5 yulduzli” bo`ladi. Mehmonxonalar Saudiya Arabistoniga haj va umra safarini ado etish maqsadida xorijdan tashrif buyuradigan millionlab ziyoratchilar uchun xizmat ko`rsatishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida mehmonxona sathida vertolyotlarning qo`nish-uchish maydonchasi quriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1