AsosiyMadaniyat

Madaniyat vazirligi tashkilotlari 2 mlrd. so`mlik dori-darmonlarni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga taqdim etdi

'Madaniyat vazirligi tashkilotlari 2 mlrd. so`mlik dori-darmonlarni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga taqdim etdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbariyati tomonidan yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim amaliy chora-tadbirlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi tizim tashkilotlari tomonidan“PHARM PLAST HOLDING” mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda 2 mlrd. so`m miqdordagi dori-darmon mahsulotlari “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga yordam sifatida taqdim etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi.

Madaniyat vazirligi va tasarrufidagi hududiy boshqarmalar, respublika tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlar tomonidan jami 6 milliardga yaqin mablablag`lar O`zbekiston mehr-shavqat va salomatlik fondiga yo`naltirildi.

    Boshqa yangiliklar