AsosiySport

"Paxtakor" sobiq futbolchisi vafot etdi

"Paxtakor" sobiq himoyachisi Vilgelm Qahhorov 81 yoshida edi. Uning vafoti haqida futbol k...

'"Paxtakor" sobiq futbolchisi  vafot etdi'ning rasmi

"Paxtakor" sobiq himoyachisi Vilgelm Qahhorov 81 yoshida edi. Uning vafoti haqida futbol klub matbuot xizmati ma`lum qildi.

Vilgelm Qahhorov "Paxtakor" safida 1961—1964 yillar mobaynida to`p surgan. Jamoa 6-o`rinni qo`lga kiritgan 1962 yilgi mavsum Oliy Liga bahslarining barchasida maydonga tushgan. 1963 yil Toshkentda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida g`alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylangan. Marhum yorqin o`yinlari evaziga SSSR olimpiya terma jamoasiga jalb etiladi. Yig`in davomida unga "Dinamo Moskva" va "Zenit" murabbiylaridan qiziqish bo`ladi. Biroq Vilgelm  jiddiy xastalikka uchraydi va bu uning faoliyatiga ta`sir qiladi. Keyinchalik Qahhorov "Politotdel" va Olmaliqning "Metallurg" jamoalarida to`p suradi.

"Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan «Paxtakor» futbol klubi uning oilasi, yaqinlari va do`stlariga ta`ziyasini bildiradi. Uning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar