AsosiyDunyo

FIFAning to`qqiz nafar rahbari korrupsiyada ayblandi

Tashkilot rahbarlari 150 million dollar o`marganlikda ayblanishmoqda

Xalqaro futbol federasiyasida (FIFA) navbatdagi janjal avj oldi. Syurixda tashkilotning to`qqiz nafar rahbari korrupsiyada ayblanib, qo`lga olindi, yana besh nafar qo`mita a`zosiga ayblovlar qo`yilgan. Tekshiruvlar amerikaliklar tashabbusi bilan amalga oshirilgani sababli aybdorlar AQShga ekstradasiya qilinishi mumkin.

Xususan, Baur Au Lac mehmonxonasida FIFA ijroiya qo`mitasining ikki nafar vise-prezidenti - Jeffri Uebb i Euxenio Figeredo, shuningdek qo`mita a`zosi Jek Uorner hibsga olindi. Federasiya vakillari Syurixda har yili bo`lib o`tadigan FIFA majlisida ishtirok etish uchun yig`ilgan edi.

Reuters ma`lumotlariga ko`ra, FIFAning noqonuniy pul aylanmasi 100 million dollardan ortadi.

29 may kuni FIFA prezidenti saylovini o`tkazish rejalashtirilgan. Ushbu mansabga beshinchi marotaba tashkilotning hozirgi rahbari Yozef Blatter nomzodi qo`yilmoqda.

AQSh Bosh prokuraturasi FIFA olgan poralar summasini e`lon qildi. Tashkilot olgan poralarning umumiy miqdori so`nggi 19 yilda 10 milliard dollardan oshgan. Bu haqda AQSh prokurori Loretta Linch ma`lumot berdi, deya xabar beradi TASS.

Linch FIFA vakillarining Syurixda qo`lga olingani uzoq muddatli tekshiruvlardan keyin amalga oshirilganini ma`lum qildi.

FIFAning korrupsiyada ayblanayotgan olti nafar a`zosi 150 million dollar miqdoridagi noqonuniy daromadni qaytarishga rozi bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar