Sal avval yo`lda piyodalab tug`uruqxonaga ketayotgan homilador ayol va uning hamrohini PPX avtomashinasida manzilga eltib qo`ygan xizmatchilar haqida xabar bergan edik. Shu vaqtning o`zida ular avtomashinada ko`zi yorigan ayolga yordam ko`rsatishgan. Bunda ularning tibbiyot sohasidan maxsus kurslarda o`qitishganda olgan bilimlari qo`l kelgan.
Toshkent shahar IIBB boshlig`i polkovnik A. Tashpo`latovning buyrug`iga ko`ra, Patrul-post xizmati brigadasi 4-son bataloni 4-otryadi xodimlari safdor Sanjar Murodov va Botir Toshpo`latovlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida fidokorona xizmat qilib, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj ayolga o`z vaqtida yordam ko`rsatganlari uchun har birlari 3 million so`mdan mukofotlandilar.
