Andijon viloyatida faoliyat ko`rsatuvchi "Q.E." fermer xo`jaligi ish yurituvchisi X.X.ning arizasiga asosan, Departamentning viloyat boshqarmasi xamda DXX viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tumani bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchi B.M., ariza muallifi X.X.dan fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 44 gektar er maydonida qishloq xo`jaligi mahsulotlari to`liq ekilmaganligini ro`kach qilib, ushbu erni olib qo`yish bilan qo`rqitib, ta`magirlik yo`li orqali 10.000 AQSh dollari talab qilgan. Biroq pullarini Agroinspeksiyaning ma`muriy binosi yonida "Qassobxona" sotuvchisi orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






