AsosiyJamiyat

"U ikki kundan beri ko`rinmay qolgandi"... Chirchiqda fuqaro uyida hushsiz yotgani aniqlandi

Bugun, 23 aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Toshkent viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh...

'"U ikki kundan beri ko`rinmay qolgandi"... Chirchiqda fuqaro uyida hushsiz yotgani aniqlandi'ning rasmi

Bugun, 23 aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Toshkent viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Chirchiq shahar, 1-kichik tuman, 33-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar ushbu uyning 29-xonadon egasi M.P. ikki kun davomida ko`rinmay qolganligidan havotirlanib yordam so`rab murojaat qildi, deya xabar bermoqda FVV axborot xizmati. 

"Mazkur voqea yuzasidan boshqarmaning yong`in-qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida belgilangan manzilga etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning temir eshigini ochishdi.

Bu vaqtda M.P. uyning mehmonxonasida hushsiz holatda aniqlandi. 

Tezkorlik bilan ko`rilgan choralar natijasida fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shifoxonaga etkaziladi. Hozirda uning ahvoli  yaxshi", deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar