Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Keyin COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan Bosh vazir reanimasiyaga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edik. Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vazirining o`pkasini sun`iy ravishda ventilyasiya qilish amalga oshirilgan. Shuningdek, 8 apreldan Britaniya bosh vazirining ahvoli yaxshilana boshlaganidan ham xabaringiz bor.
Buyuk Britaniya hukumati rahbari Boris Jonson koronavirus infeksiyasidan sog`ayib, dushanba kuni ishga chiqishi kutilayotgan ekan. Bu haqda Daily Telegraph kanaliga tayanib, Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali xabar bermoqda.






